Ma'lumotlar Strukturasi

Ma'lumotlar Strukturasi

Agar siz "Algoritm" va "Data Structure"larni qanday tahlil (analysis) qilishni bilmasangiz, avval Big O notation bo'limini o'qib chiqishni maslahat beramiz!

Data Structure o'zi nima?

Ma'lumotlar Strukturasi - bu ma'lumotlarga kirish va undan samarali foydalanish uchun tuziladigan ma'lumotlarni saqlash usuli desak bo'ladi. Uni konteynerga o'xshatsak bo'ladi. Turli konteynerlar turli xil usulda narsalarni ushlab turganidek ma'lumotlar strukturasi ham ma'lumotlarni biz aytgan uslubda ushlab tura oladi.

Tasavvur qiling sayohatga chiqayabsiz.

O'z chamadoningizga kerakli va muhim bo'lgan barcha narsani solishingiz kerak. Eng muhimi agar ulardan qaysidir birini unutsangiz, sayohat vaqti aniq qandaydir ko'ngilsizlikga uchraysiz. Nima qilasiz?

Yechim bor, check list tuzishingiz kerak!

Check list sizni ishingizni aniq yengillashtiradi va hech narsani unutmaganingizga ishonch beradi. Mana shu hayotiy misolda data structure aynan nima deb o'ylaysiz?

Agar javobingiz Chamadon bo'lsa tabriklayman adashdingiz 😁. Agar Check List bo'lsa tabriklayman topdingiz. Nima uchun Check List bu yerdan Chamadon ham Data Structure ku deyishingiz aniq, ha ammo bizning muammoga yechim u emasda.

Hayotdan juda ko'plab misollar keltirishimiz mumkin ammo keling qolganini sizga qoldirib sayohatimizni davom etamiz...

Data Structures

Biz sizga ketma-ket sayohat qilishingiz uchun manzillar tuzib qo'yganmiz. Ularni ketma-ket o'tish orqali siz ularni qanday kelib chiqishiyu, qachon ishlatish kerak kabi savollaringizga javob olasiz deb umid qilamiz.

Agarda siz ro'yxatda keltirilgan barcha Data Structurelarni bilsangiz, sizni Algorithmlar mavzusidagi ajoyib qo'llanma kutib turibdi. Olg'a!