Graph

Qachonki graph ('graf' deb o'qiladi) deyishsa hayolimga birinchi bo'lib oddiy, ma'lumotlarni vizualizatsiya qiluvchi chiziqlar keladi. Ammo dasturlashda graph tushunchasi umumman boshqacha, ya'ni u ma'lumot strukturasi bo'lib ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Graphni GPS, neyron tarmoqlar, qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlarda ishlatishadi.

Graph bu bir-biriga bog'langan nodelar jamlanmasi xisoblanadi. Biz bilishimiz kerak bo'lgan eng muhim narsalardan biri bu Vertex va Edge tushunchalari.

  • Vertex - graphning uchi desak bo'ladi.
  • Edge - ikki vertex o'rtasidagi bog'lovchi link desak bo'ladi.

Stack of books

Yuqoridagi rasmda tasvirlangan yumaloqlar (Vertices) graphning uchlari xisoblanadi. Ularni bog'lab turuvchi och ko'k rangdagi chiziqlar (edges) esa uning qirralari ya'ni bog'lovchi qirralari desak bo'ladi.