Queue

Queue - 'kyu' deb o'qiladi va uning tarjimasi navbat degani. Deyarli ko'plab dasturlashdagi atamalar hayotiy nomlardan olingan va ularni hayotimizdagi ko'plab narsalarga o'xshatsak bo'ladi.

Stack of books

FIFO tamoyili

Queue FIFO ya'ni First In First Out tamoyili asosida ishlaydi, tarjima qilganda "birinchi kirgan birinchi chiqadi". Va asosiy operatsiyalari:

  • enqueue(element) - navbatga berilgan elementni qo'shish uchun ishlatiladi.
  • dequeue() - navbatdan eng birinchi elementni olib tashlash uchun ishlatiladi.
  • peek() - navbatning eng birinchisidagi elementni o'chirmay qaytarish uchun ishlatiladi.
  • is_empty() - navbat to'la yoki to'la emasligini tekshirish uchun ishlatiladi.

Stack of books

Demak yuqoridagi rasmda uning qanday ishlashi va biz uni qanday tasavvur qilsak bo'lishi tasvirlangan. Endi esa Stack va Queue orasidagi farqni biz bilamiz va ularni ajrata olamiz. Stack LIFO tamoyili asosida ishlasa, Queue FIFO tamoyili asosida ishlaydi.

Yana bir narsa Queuedagi birinchi element tomoni queuening Front tomoni deyiladi ya'ni oldi. Uning eng oxirgi element tomoni esa Rear tomoni deyiladi ya'ni orqasi. Ularni ba'zan 'head' va 'tail' ya'ni bosh va dum ham deb atashi mumkin.

Stack of books

Yuqoridagi rasmda uni qanday ishlashi keltirib o'tilgan. Siz o'sha yerdan misol olishingiz mumkin. Ammo uni implementatsiya qilish ja unchalik vahimali ish emas. 2-3 line code qo'shiladi xolos 😌.

Queueni turli xil yo'llar bilan implement qila olamiz. Ba'zi dasturlash tillarida Array ishlatsak ba'zilarida esa linked list ishlatamiz. Asosiy faktor o'sha dasturlash tilida array qanchalik flexible (moslashuvchan) ekanligiga qarab tanlov qilinadi.

Qisqacha qilganda Stack haqida shular edi. Endi esa uni qanday qilib siz bilgan dasturlash tilida kodga tushirishni ko'rib, o'rganib, mashq qilib chiqing. Keyin esa sayohatni yana birgalikda davom etamiz...